20 fev 08:03
Yangiliklar
Saidyoqub Qahramonov UFC'dan ketgani bo'yicha bayonot berdi
Eng engil vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Saidyoqub Qahramonov (10-3) Twitter'dagi rasmiy sahifasi orqali tashkilotdan alamzada ekanini bildirdi.
"Debyut jangimdan avval 20 soatdan ko'proq vaqt davomida uchishim kerak edi, oktagonga kirishimdan 5 kun avval ham men mashg'ulot qilmagan edim. O'zbekiston va Las-Vegas o'rtasida 12 soat vaqt tafovuti bor, va men shu holatda ham debyut jangimda g'alaba qozondim. SHunday ekan, men eng zo'riman!
Ha, men vazn qila olmadim, ammo men "kalyan" chekib, tungi klublarda yurib, turli xil shunga o'xshash ishlar bilan har kuni shug'ullandim. Agar qanday jang qilishni bilsang, jang qilishni bilasan", - deb yozgan Saidyoqub.
Eslatib o'tamiz, Saidyoqub UFCda 3 ta jang o'tkazgan va ularning 2 tasida g'alaba qozongan. 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar