27 jan 14:50
Yangiliklar
Saidyoqub Qahramonov Umar Nurmagomedovni revansh jangiga chorladi: "Bu UFC'dagi oxirgi jangim bo'ladi"
Eng engil vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov (10-3) rossiyalik Umar Nurmagomedovni (16-0) jangga chorladi. Avvalroq, Umar Nurmagomedov UFC'ga murojaat qilar ekan, 11 mart kuni eng engil vazndagi har qanday jangchiga qarshi oktagonga ko'tarilishga tayyor ekanini bildirgan edi.
"Umuman olganda, men 15-raqamli jangchiman, shunchaki bu jangni menga bering. Bu mening so'nggi jangim bo'ladi. Hayot yoki o'lim vaziyatidaman. Agar o'lsam, o'z promoushenimga etiborimni qarataman. Dana Uayt, kichik shaharcha yarating", - deb yozgan Qahramonov Twitter tarmog'idagi rasmiy sahifasida.
Qahramonov so'nggi bor 2022 yilning 18 dekabr kuni Las-Vegas shahri (AQSH)da tashkil etilgan UFC Fight Night musobaqasi doirasida rossiyalik Said Nurmagomedovga (17-2) qarshi oktagonga ko'tarilib, sabmishen evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Umar Nurmagomedov esa oxirgi jangini 14 yanvar kuni Las-Vegas (AQSH)da o'tkazilgan UFC Fight Night turnirida braziliyalik Raoni Barselosga (17-4) qarshi o'tkazib, texnik nokaut bilan g'alaba qozongan edi.
Technically I’m #15 just give me this fight. Plus It’ll be my last fight. Life or death situation. If I die I’ll move on focus on my promotion. Be a small town Dana White. https://t.co/Z5ftiGgrLi
— Saidyokub Kakhramonov (@SaidYokubMMA) January 26, 2023
Fikrlar