25 jan 07:24
Yangiliklar
Saken Bibosinov Hasanboy Do'smatov bilan qanday shartlarga ko'ra jang qilishini aytdi
- Saken, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanbay Do'smatov sports.ru saytiga bergan intervyusida siz bilan yana jang qilmoqchi ekanligini aytdi. Ammo, qachon va qaerda ekanini aytmadi. Hasanboy bilan jang qilishga qarshi emasmisiz? Qanday vaziyatda u bilan uchrashishingiz mumkin?
- Hasanboy Do'smatov - Rio Olimpiadasi chempioni, "Val Barker" kubogi sohibi. O'tgan yili Serbiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida Hasanboy bilan uchrashib, g'alaba qozongandim. U matbuotga intervyu berdi va jurnalistlarga men bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi. Albatta, men ikkinchi uchrashuvga qarshi emasman. Agar ikkala tomon ham kelishsa, albatta ringga chiqaman. Vazn toifasidan qatiy nazar, men jangga roziman. Men hozir professional bokschi emasman.
Do'smatovning promouter va menejeri bor. Menda esa yo'q. SHu maqsadda promouterlik kompaniya rahbarlari qo'ng'iroq qilib: "Hasanboy Do'smatov bilan jang qilmoqchimisan?" deyishsa. - Men mamnuniyat bilan rozi bo'lardim. Tashkilotchi sana va vaqtni belgilasa, kurashamiz. Keyin to'lov kichik bo'lmasligi kerak. Mening ham yutuqlarim ko'p. Men Osiyo, jahon chempionligi va Olimpiada bronza medallarini qo'lga kiritdim va kamroq pul evaziga boks tushishni xohlamayman. Agar taklif yoqsa, jang qilishga tayyorman", - dedi Bibosinov.
Fikrlar