31 avg 10:52
Yangiliklar
Sakkiz dzyudochimiz yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi
Ushbu qita birinchiligida 17 davlatdan jami 165 (92 o'g'il, 73 qiz) nafar dzyudochi medallar uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida to'liq (9 o'g'il, 9 qiz) tarkibdagi O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bor. Iskandar Rasulov, Kamol Murodov, Diyorbek O'razboev, Nelli Kiyamova, Olimboy Olimov murabbiyligidagi dzyudochilarimiz o'z ishtiroklarini muvaffaqiyatli boshlab olishdi.
Bugungi saralash bellashuvlaridan so'ng 8 dzyudochimiz birozdan keyin boshlanadigan final dasturiga yo'llanma oldi. Ulardan 5 nafari Osiyo chempionligi uchun tatamiga chiqadi.
Finalda kurashuvchilar
-48 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Murodil Murodillaev
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
Bronza medali uchin kurashuvchilar
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Despina Bochkova
-63 kg: Marjona Nurulloeva
Fikrlar