01 sen 11:28
Yangiliklar
Dzyudo
Sakkiz dzyudochimizning bari Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi, 5 nafari finalda!
SHu kunlarda Koreya Respublikasining Mungyong shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun qita birinchiligining so'nggi kuni o'rta va og'ir vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi saralash bellashuvlarida qatnashgan 8 nafar dzyudochimizning bari birozdan so'ng medallar uchun boshlanadigan final bahslarida tatamiga chiqadi.
Finalga chiqqan dzyudochilarimiz
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: SHirinjon Yo'ldosheva
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov
+100 kg: Fazliddin Rafikov
Bronza medali uchun bahs
-70 kg: Tuygul Hamroeva
-81 kg: Mardon Ravshanov
+78 kg: Mohlaroyim To'xtamisheva
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar