29 fev 08:46
Yangiliklar
Sakkiz prof bokschimiz 2 mart kuni Puchxonda ringga ko'tariladi
Ushbu oqshom doirasida o'zbekistonlik 8 nafar prof bokschi ham ringga chiqadi. Kechaning markaziy jangi ham bevosita hamyurtimiz ishtirokida kechadi. SHahzodbek SHarobiddinov (6 g'alaba, 1 mag'lubiyat) filippinlik Konrado Tanamor (12 g'alaba, 5 mag'lubiyat) bilan to'qnash keladi.
Avval xabar berganimizdek, Koreyadagi turnirda Hasanboy Do'smatovning ukasi Faryozbek Do'smatov debyut jangini o'tkazadi. Kichik Do'smatovga filippinlik 28 yoshli Jover Amistoso (5 g'alaba, 2 mag'lubiyat) raqiblik qiladi. Faryozbek havaskor boksda O'zbekiston chempionati va boshqa musobaqalarda 8 ta jang o'tkazgan va 5 g'alaba, 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U 2022 yilgi O'zbekiston chempionatining kumush medali sohibi hisoblanadi.
Bokschilarimiz va ularning raqiblari:
SHahzodbek SHarobiddinov - Kornado Tanamor
Husniddin Maraimov - Tuohatasen Sailibieke
SHohbozbek Tolibjonov - Tangjiaerke Asixaer
Egamberdi Nuriddinov - Daril Amonsio
Dovrug'bek Ibragimov - Mark Sales
Faryozbek Do'smatov - Jover Amistoso
Sirochbek Ismoilov - Jae Jun Go
Doniyorbek Haytaliev - Ming Vey Liu
Fikrlar