So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

03 noy 07:23
Yangiliklar

Dzyudo

Samarqand dzyudosini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  DzyudoSamarqand
Yil yakunlanib borar ekan, har bir sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi va shu bilan birga yangi rejalar belgilab olinadi.

Aynan shuni inobatga olgan holda O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshida maxsus ishchi guruh tashkil etilib, uning zimmasiga federaciyaning viloyatlardagi bo'limlari faoliyatini o'rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga ko'maklashish, joylarda sidqidildan ishlayotgan murabbiylarni rag'batlantirish, istedodlarni qo'llab-quvvatlash kabi masalalar yuklatilgan. 

Ishchi guruh o'z ishini Samarqand viloyatidan boshladi. Kuni kecha O'zbekiston dzyudo federaciyasi rais o'rinbosari SHoatxam Isroilov boshchiligidagi guruh azolari qo'hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida bo'lishdi. Olimpiya zaxiralari kollejida o'tkazilgan tabdirda viloyatda faoliyat yuritayotgan murabbiylar ishtirok etishdi. Yig'ilishni Federaciyaning Samarqand viloyati bo'limi raisi Zafar Arslonov kirish so'zi bilan ochib berdi. 

"Viloyatda eng rivojlangan, ommabop sport turlaridan biri bu dzyudo bo'lib, kundan-kunga shug'ullanayotgan soni ortib bormoqda. Afsuski, koronavirus sabab yuzaga kelgan karantin sabab sport, xususan dzyudo zallarimiz yopiq bo'ldi. Dzyudochilar uy sharoitida individual mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanishdi. Aytmoqchi bo'lganim, pandemik vaziyat barcha sohalar singari sportimizga ham salbiy tasir o'tkazdi. Mana endi vaziyat biroz yumshagandan so'ng dzyudochilar yana zallarga qaytishdi va bugungi kunda O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirishayapti", - dedi Z.Arslonov.  

SHundan so'ng viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Mo'min Nabiev turshli yosh toifasidagi terma jamoalarga nomzod dzyudochilar haqida malumot berdi.

"Bugungi kunda kattalar terma jamoa safida viloyatimiz dzyudochilaridan Davlat Bobonov, Muhammadkarim Xurramov, aka-uka Sardor va Kemran Nurillaev, Diyora Keldiyorova xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelishayapti. Davlat, Muhammadkarim, Diyora va Sardor reytingda Tokio Olimpiadasiga yo'l oladigan dzyudochilar qatoridan joy olishgan. Yoshlar va kadetlar terma jamoasida dzyudochilarimiz bor. Selekciya ishlari davom etmoqda. Samarqand shahri, Pastdarg'om, Urgut, Nurobod, Toyloq tumanlaridan istedodli yoshlar etishib chiqmoqda. Ulardan SHaxboz Umrzoqov, Texron Erkinov, CHingiz SHokirov, Sanjar Pardaev, Azizbek Ashurov singari yosh dzyudochilarimiz Osiyo chempionati hamda Kubogida g'olib va sovrindor bo'lishgan", - dedi M.Nabiev.   

O'zbekiston dzyudo federaciyasi rais o'rinbosari SHoatxam Isroilov bu yutuqlar bilan cheklanib qolmaslik, selekciya ishlarini jadallashtirish, murabbiylar va hakamlar malakasini oshirish masalalariga urg'u qaratdi.

"Yutuqlar o'zimizniki. Lekin biz Olimpiadada medallar qo'lga kiritilgandagina amalga oshirayotgan ishlarimiz samara berganidan xursand bo'lishimiz mumkin. Ungacha quvonishga haqqimiz yo'q. Nafaqat Samarqand, balki barcha hududiy bo'limlarimizning vazifasi kattalar terma jamoasiga munosib dzyudochilarni etkazib berish bo'lishi kerak. SHundagina qilinayotgan ishlar samarasi ko'rinadi. Samarqand viloyatining potenciali juda yuqori. Viloyatda ikkita olimpiya zaxiralari kolleji faoliyat yuritmoqda. Bundan imkoniyat faqat Samarqandda bor. Hatto poytaxtda ham bitta olimpiya zaxiralari kolleji bor. Bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish kerak. Oldinda kadetlar, yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkaziladigan O'zbekiston chempionatlari bor. Bu musobaqaga viloyat saralash bosqichi o'tkazilishi kerak. Federaciyadan mutaxassislarimiz keladi. Hakamlik masalasiga jiddiy etibor qaratishinglarni so'rardim. Hammasi ochiq, shaffof bo'lsin. Kuchli dzyudochi viloyat terma jamoasi tarkibida mamlakat chempionatida qatnashsin. Buni esa sizlar taminlab berasizlar", - dedi federaciya rais o'rinbosari. 

So'zga chiqqan murabbiylar echimini kutayotgan muammolarga ham to'xtalib o'tishdi. Eng katta muammo - bu mavjud dzyudo zallarida tatamilarning etishmasligi bo'lib, borlari ham yaroqsiz holatga kelib qolganligi urg'ulandi.

"Barcha yosh toifasidagi qizlar terma jamoalarimizning 70-80 foiz tarkibi viloyatimiz xissasiga to'g'ri keladi. Bizda dzyudo bilan shug'ullanayotgan qizlar soni juda ham ko'p. Faqat eng katta muammomiz tatamilarning etishmasligi. Sport zallarimiz bo'yicha muammo yo'q, kapital tamirdan chiqarildi. Tatamilarimiz ancha eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. SHu masalada yordam bersangiz yaxshi bo'lar edi", - dedi tajribali murabbiy Gulmurod Siddiqov. 

"O'zbekiston dzyudo federaciya viloyatda dzyudo rivojiga to'sqinlik qilayotgan barcha muammolarni bartaraf etishga tayyor. Tatamilar ham olib beriladi. Faqat bunga javoban natija ham bo'lishi kerak. Keyin Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) dasturi doirasidagi dzyudo maktablari faoliyatini ham yaxshilashimiz shart. Hozir reja qilayapmiz, balki kelasi yildan dzyudo maktablari o'rtasida mamlakat birinchiligini o'tkazamiz. Bu maktablarda shug'ullanayotganlar orasidan ham terma jamoa azolarining etishib chiqishini taminlashimiz lozim", - dedi SH.Isroilov. 

Tadbir so'nggida O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan viloyat murabbiylari tomonidan tanlab olingan uch nafar istedodli dzyudochilar - Mahmudjonov Mubin, Muhammadiev Sunnat va Usmonov Zohidga terma jamoa dzyudochilari kiyadigan kimano taqdim etildi. Viloyat dzyudosi faxriylari hisoblangan Aleksandr Kuznecov va Baxtiyor Jo'raqulovga "Humo Arena"da o'tkazilgan Toshkent Gran-prisini eslatib turuvchi zarbop to'n kiygazildi. Nurali Qobilov, Jamol SHodmonov, Nam Valera, Lochin Tashaliev, Eduard Coy, Ikrom Nurullaev, Sanat Rahmonov, Suhrob Husainov va boshqa murabbiylarimizga sovg'alar topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing