So’nggi yangiliklar

14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0

25 sen 20:41
Yangiliklar

Dzyudo

Samarqandda ixtisoslashtirilgan dzyudo zali foydalanishga topshirildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  DzyudoSamarqand
Bugun Samarqand shahridagi 7-umumtalim maktabida O'zbekiston Xalq talimi vazirligi hamda mamlakat dzyudo federaciyasi hamkorligida bunyod etilgan va barcha zamonaviy talablarga javob beruvchi ixtisoslashirilgan dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bayramona tadbirda O'zbekiston Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikaciyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Botirjon Nurullaev, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, terma jamoamiz bosh murabbiyi, dzyudo tarixidagi eng yosh Olimpiada chempioni, afsonaviy Ilias Iliadis, Tokio-2020 qahramonlaridan biri Davlat Bobonov boshchiligidagi dzyudochilarimiz ishtirok etdi. 

"Ushbu loyiha doirasida Respublika bo'ylab har bir viloyatda zamonaviy ixtisoslashtirilgan dzyudo sport zallarini qurish ko'zda tutilgan. Aholi eng zich joylashgan xududlardagi 15 maktabda 28 000 o'quvchi va 70 000 nafar bolalarni sport to'garaklariga jalb qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bizning asosiy maqsadimiz – joylarda sog'lom turmush tarzini yanada shakllantirish,  bolalarning bo'sh vaqtini maxmunli tashkil etish va ularning dzyudoga bo'lgan mehrlarini maktab yoshidanoq uyg'otishni taminlash iborat", - dedi Xalq talimi vaziri.  

Ushbu zal barcha zamonaviy talablarni inobatga olgan holda bunyod etilgan bo'lib, erkaklar va ayollar kiyinish xonalari, dush, avtonom isitish tizimi, eng yaxshi mashq uskunalari, jahonda sertifikatlangan ishlab chiqaruvchilarning tatami gilamlari bilan jihozlangan. Aytish kerak, jahon chempionatlari ham xuddi shunday tatamilarda o'tkaziladi. 

"Fursatdan foydalanib, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovga rahmat aytmoqchiman. Erkinjon Oqbo'taevichning qo'llab-quvvatlashi bilan viloyatda olimpiya oilasiga mansub dzyudo yakkakurashi ham boshqa sport turlari qatori yanada ommalashib, viloyat dzyudochilarining ichki hamda xalqaro musobaqalarda ko'rsatayotgan natijalari tahsinga loyiq bo'lib bormoqda. Davlat Bobonov, Muhammadkarim Xurramov, aka-uka Sardor va Kemran Nurillaev, Diyora Keldiyorova singari dzyudochilar Samarqand viloyati tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Ishonchimiz komil, bu muvaffaqiyatlar bardavom bo'ladi. Aziz ustozlar, o'quvchilar ushbu ko'rkam zal sizlarga muborak bo'lsin!", - dedi A.Kamilov. 

Eslatib o'tamiz, Prezident SHavkat Mirziyoevning hududlarga tashrifi chog'ida engil konstrukciyali (sendvich-panelli) sport inshootlarini qurish bo'yicha ko'rsatma berilgan edi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Xalqa talimi vazirligi hamkorligida boshlangan bu xayrli ishlar ana shu islohotlarning amadagi ifodasi bo'lmoqda. Yil so'nggiga qadar yana bir nechta viloyatda xuddi shunday engil konstrukciyali ixtisoslashtirilgan dzyudo zallari foydalanishga topshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing