So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

01 iyu 07:40
Yangiliklar

Tadbirlar

Samarqandda “Yoshlar kuni” munosabati bilan velomarafon o'tkazildi

Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, manaviy-marifiy, jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Ushbu tashabbuslardan ikkinchisi bo'lgan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi vazifalar ijrosini taminlash hamda 30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand shahrida “Biz sog'lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida velomarafon o'tkazildi.

Qator hamkor tashkilotlar tomonidan o'tkazilgan velomarafonda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan sport va sog'lom turmush tarzi tarafdorlari bo'lgan 3000 nafarga yaqin samarqandliklar Registon ko'chasi – Universitet xiyoboni yo'nalishi bo'ylab to'rt kilometrlik masofani bosib o'tishdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra o'smirlar o'rtasida Davlat Akramov “Eng yosh velomarafonchi” sifatida taqdirlangan bo'lsa, qizlardan Muxlisa Saqulova ushbu nominaciya sazovor bo'ldi.

SHuningdek, Izzatullo Hamraqulov va Olim Ashurov eng yoshi ulug' velomarafonchilar sifatida etirof etildi. G'alabaga bo'lgan intilishi uchun Zuhriddin Ishnazarov va Gulchehra Abdurahmonova tashkilotchilarning esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing