28 dek 08:39
Yangiliklar

Samarqanddagi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan Yan Nepomnyashhiy FIDE va tashkilotchilarni Magnus Karlsenga yon bosishda aybladi
Musobaqada ishtirok etayotgan rossiyalik taniqli shaxmatchi Yan Nepamnyashhiy FIDE va tashkilotchilarni Magnus Karlsenga yon bosishda aybladi.
"Hurmatli FIDE va Jahon chempionati tashkilotchilari, o'zingizga malumki, barcha tirik jonlar teng, ammo bazilari boshqalarga qaraganda farq qiladi. Magnus Karlsenga noutbuk yordamida dam olishi va o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishi mumkin bo'lgan shaxsiy xonani berish adolatdanmi?" - deb yozdi Nepomnyashhiy.
AQSH vakili Fabiano Karuana ham rossiyalik shaxmatchini qo'llab-quvvatladi: "Hamma bir xil sharoitda o'ynashi kerakligini takidlab bo'lmaydi".
FIDE esa bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Agar raundlar oralig'ida FIDE rasmiylarining taklifiga binoan, o'yinchilardan biriga tashqi binolarga kirish huquqi berilgan bo'lsa ham, feyr-pley ustidan to'liq nazorat taminlangan. Qolaversa, reglamentga ko'ra, davralar oralig'idagi tanaffuslarda hamma o'z gajetlaridan foydalanishi mumkin", - deyiladi federaciya bayonotida.
Fikrlar