07 okt 11:18
Yangiliklar
Sambo
Sambo. Jahon chempionatining ilk kunida 8 ta medal qo'lga kiritdik
Qirg'izistonning Bishkek shahrida sambo bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati start oldi.
Kecha, musobaqaning dastlabki kunida O'zbekiston terma jamoasi azolari 8 ta medalga, shu jumladan 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi sambochilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Yoshlar:
Oltin: +98 kg: Bektemir Normamatov
Bronza: -58 kg: Munis Baxtiyorov
Yoshlar (qizlar):
Kumush: -65 kg: Muxlisa Turdieva
O'smirlar:
Bronza: -98 kg: Abbos SHermaxmatov
O'smir qizlar:
Kumush: -59 kg: SHaxzoda Azatova
Kumush: -80 kg: Mavluda Abdullaeva
Yoshlar (jangovar sambo):
Kumush: -88 kg: Abduraxim Sadullaev
Bronza: -64 kg: Saidodiljon Abdumutalipov
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar