09 okt 12:36
Yangiliklar
Sambo
Sambo. Jahon chempionatining so'nggi kunida 7 ta medal qo'lga kiritdik, umumiy hisobda 19 ta medal!
Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sambo bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Kecha musobaqaning so'nggi kunida terma jamoamiz azolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Terma jamoamiz safida sovrindor bo'lgan sportchilarimiz ro'yxati:
Yoshlar (jangovar sambo)
Oltin: -79 kg: Amirxon Ziyadinov
Bronza: -58 kg: Daler Murtazaev
Yoshlar (qizlar)
Kumush: -72 kg: Gulina Oblakulova
O'smir qizlar:
Kumush: -80 kg: Mohinur Aralova
Bronza: -59 kg: SHahrizoda SHodieva
Bronza: -47 kg: Sevinch Abdieva
O'smirlar:
Bronza: -88 kg: Muhammadali Zoirov
SHu tariqa, O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoasi azolari Bishkekdagi jahon chempionatida umumiy hisobda 2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar