22 avg 20:57
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				Sambo. Jahon kubogining ilk kunida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza qo'lga kiritdik
Qirg'izistonning CHo'lpon-Ota shahrida sambo bo'yicha Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda. 
			Bugun musobaqa doirasida 1-kun bellashuvlari tashkil etildi. Unda erkaklar o'rtasida sambo, ayollar o'rtasida esa jangovar sambo bahslari bo'lib o'tdi.
Kun davomida vakillarimiz 8 ta medalga ega chiqishdi. Ularning 1 tasi oltin, 4 tasi kumush va 3 tasi bronza medallaridir.
Bugun medal qo'lga kiritgan hamyurtlarimiz ro'yxati bilan tanishing:
Oltin:
-59 kg: SHahzoda Azatova (jangovar sambo)
Kumush:
-72 kg: Gulina Obloqulova (jangovar sambo)
-64 kg: Sardor Olimjonov
-71 kg: Dilshodbek Yo'ldoshev
-98 kg: Nemat Yoqubov
Bronza:
-71 kg: Ubaydullo Mo'minov
-98 kg: Mirzohid To'xtashev
-59 kg: Mamlakat Sultonova (jangovar sambo)
            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
             
			
Fikrlar