17 avg 08:19
Yangiliklar
Sambochilarimiz Jahon kubogini umumjamoa hisobida uchinchi o'rinda yakunlashdi
Musobaqada 14 ta mamlakatdan 217 nafar sambochi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi.
O'zbekistonlik sambochilar bahslarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallashdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilar sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-59 kg: SHahzoda Azatova (jangovar sambo)
Kumush:
-79 kg: Jovid Dodoev
-72 kg: Madinabonu Salohiddinova (jangovar sambo)
Bronza:
-72 kg: Muxlisa Turdieva
-58 kg: Munis Baxtiyorov
-64 kg: Sohibjon Nugmanov
-98 kg: Ixtiyor Eshmurodov
-58 kg: SHohruxbek Gapurov (jangovar sambo)
+98 kg: Ziyod Hakimboev (jangovar sambo)
-54 kg: Farog'at Nurmamatova (jangovar sambo)
-80 kg: Indira Elmuratova (jangovar sambo)
Musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi. Birinchi o'rinni Rossiya, ikkinchi o'rinni esa Qozog'iston terma jamoasi band etdi.
Malumot uchun, musobaqa davomida hamyurtlarimiz Islom Adilov, Murodxon To'raev, Rustam Adilov va Ulug'bek Rahmonov hakam sifatida faoliyat olib borishdi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar