28 iyu 19:41
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				Sambochilarimiz Samarqandda yig'inga kirishdi
Yilning ikkinchi yarmida sambo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari uchun masuliyatli hisoblanadi. 
			Polvonlarimizni oldinda bir qator muhim musobaqalar kutib turibdi.
Jumladan 11-14 avgust kunlari Minskda II MDH o'yinlari tashkil etiladi. Ushbu musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida kecha, 27 iyul kuni terma jamoamiz azolari Samarqand shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlashdi.
Yig'inning ilk kunida nazariy mashg'ulotlar olib borildi. SHuningdek sportchilarga mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inining maqsadi, qoidalari tushuntirildi. Ular holati ko'zdan kechirildi.
SHuningdek har bir sportchi uchun individual tayyorgarlik rejasi tuzib chiqildi.
Mazkur yig'in 7 avgustga qadar davom etadi.


            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
             
			
Fikrlar