So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

17 apr 11:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini tajribali bokschiga qarshi o'tkazadi

Teglar :  Sanjar Rahmonov
Sanjar Rahmonov may oyida ringga chiqadi.

Birinchi yarimo'rta vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschi Sanjar Rahmonov faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazish arafasida.

Hamyurtimiz 7 may kuni Amerika Qo'shma SHtatlarining Texas shahrida ringga ko'tariladi. Frisco arenasi mezbonlik qiladigan boks oqshomining markaziy jangi aynan Sanjar Rahmonov ishtirokida o'tishi kutilmoqda. CHarm qo'lqop ustamizga o'sha kuni amerikalik kuchli va tajribali bokschi — Entoni Peterson raqibliq qiladi.

Rahmonov ikki yildan buyon janglarda ishtirok etmayotgandi. Ammo Sanjar bu yilni faol boshladi va mart-aprel oyining o'zida uchta jangda ishtirok etdi. Biroq bu janglarning professional rekordga kiritilmaganini takidlash lozim.

Sanjar shu kungacha prof boksda 17 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'alaba qozongan, uchta jangda mag'lub bo'lgan va yana birida durang qayd etilgan.

Entoni Peterson esa faoliyati davomida 41 ta jangda ishtirok etgan. Amerikalik bokschi bu janglarning 39 tasida g'alaba qozongan bo'lsa, bir marotaba mag'lub bo'lgan va bitta jangida durang qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing