17 fev 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Saralash jangida Teofimo Lopesning raqibi aniqlandi
Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning birida birinchi yarimo'rta vazn toifasi WBO chempionlik kamari uchun majburiy davogar aniqlandi. Unda amerikalik 33 yoshli Arnold Barbosa britaniyalik Jek Ketterolga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari 115-113 hisobida Barbosaga g'alabani taqdim etdi. Uchinchi hakam xuddi shu hisob bilan Ketterolga ustunlik berdi.
SHu tariqa, Arnold Barbosa amaldagi WBO chempioni Teofimo Lopesning kamariga rasmiy davogarga aylandi. 31 yoshli Ketterol jangdan keyin mag'lubiyatini tan olib, chempionlik bahsida Barbosaga omad tiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar