20 sen 18:50
Yangiliklar
Dzyudo
Sardor Nurillaev ham Gran-prining bronza medaliga sazovor bo'ldi
Toshkentda dzyudo bo'yicha Gran-pri musobasiqaning birinchi kun bellashuvlari vakillarimiz uchun yakunlandi.
Biroz avval -66 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Sardor Nurillaev bronza medali uchun ozarbayjonlik Ibrohim Alievga qarshi tatamiga chiqdi.
“Humo arena”ga yig'ilgan minglab muxlislar olqishi ostida harakat qilgan Sardor tomoshabinlar ishonchini oqlay oldi. SHu tariqa terma jamoamiz bugungi kun bellashuvlarini 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Eslatib o'tamiz, biroz avval -60 kilogramm vazn toifasida Diyorbek O'rozboev ham uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar