23 okt 21:31
Yangiliklar
Dzyudo
Sardor Nurillaev restartdan 360 ochko ishlab oldi
Budapesht "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kungi bahslari o'z yakuni sariya yaqinlashmoqda.
Hozirgina -66 kg vazn toifasidagi vakilimiz Sardor Nurillaev bronza medali uchun kechgan bellashuvni yakunladi. Dzyudochimiz o'tish bahsida perulik Xuan Portigosni mag'lubiyatga uchrata olgandi.
Bronza medali uchun kechgan uchrashuvda esa u ozarbayjonlik kuchli dzyudochi, jahon chempionati sovrindori, "Masters" turniri g'olibi Orxan Safarovga qarshi tatamiga chiqdi va mag'lubiyatga uchradi. Bu bilan u musobaqada 5-o'rinni egalladi hamda qimmatli 360 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar