13 iyu 13:33
Yangiliklar
Dzyudo

Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Budapesht shahrida bo'lib turgan O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov qator mamlakat federaciya va associaciyalari bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazmoqda.
Xususan, navbatdagi hamkorlik memorandumi Saudiya Arabistoni bilan imzolandi. Azizjon Kamilov ushbu mamlakat dzyudo federaciyasi prezidenti Abdulaziz Al Bassam bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini muhokama qildi.
Federaciya rahbarlari loyihalarni birgalikda amalga oshirish, o'zaro tajriba almashish, ikki davlat terma jamoalarining qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish, hakamlar va murabbiylar uchun seminarlar tashkil etishga kelishib olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar