05 iyu 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Golovkinni yolg'onchilikda aybladi
Supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares qozog'istonlik Gennadiy Golovkinni yolg'onchilikda aybladi.
Kanelo - Golovking o'rtasidagi trilogiya 17 sentyabr kuni Las-Vegasdagi T-Mobile Arenaʼda bo'lib o'tadi. Kanelo Golovkinni haqoratli gaplari uchun jazolamoqchi ekanligini takidladi.
"Men uni nokaut qilmoqchiman. U halol inson emas. O'zini yaxshi ko'rsatishga harakat qiladi. Ammo, u butunlay boshqa inson. Golovkin men haqimda ko'p yolg'on gaplar aytgan. Endi esa meni hurmat qilishini takidladi.
Ammo, avvalroq u Meksika boksini sharmanda qilayotganimni aygandi. Mening oldimda esa u faqat hurmat haqida gapiradi. SHuning uchun ham Golovkinni yomon ko'raman. U yolg'onchi!", — dedi Alvares TMZʼga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar