07 noy 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Oskar de la Xoyya bilan xayrlashdi, endi u ozod qush
O'rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares Oskar de la Xoyya bilan hamkorlikni to'xtatdi.
Meksikalik jahon chempioni Oskarga tegishli Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab kelayotgandi. Bu haqida Alvaresning ham menejer, ham murabbiyi Eddi Reynoso xabar berdi.
"Saulning murabbiy va menejeri sifatida shuni elon qilamanki, bugundan, yani 6 noyabrdan etiboran Alvares erkin agentga aylandi. Tez orada biz navbatdagi jang sanasi va manzilini elon qilamiz. Saul yanada kuchli bo'lib qaytadi. Meksika boksi dunyoda eng yaxshisi ekanini isbotlaymiz", — deya Reynosoning so'zlarini keltirmoqda BoxingScene.
Havola :
Fikrlar