17 apr 20:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Oskar de la Xoyyadan hafsalasi pir bo'lgani haqida gapirdi
WBC va WBA Super kamarlari sohibi Saul Alvares "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilishiga Oskar de la Xoyya bilan bo'lgan tushunmovchilik sabab bo'lganini aytdi.
"Malum bir vaziyatda de la Xoyya hafsalamni pir qildi. Bazi insonlar senga do'stman deydi, bir oilamiz deydi. Ammo, amalda ular faqat o'z manfaatlarini o'ylashadi.
Ular men bilan o'ynashishdi. Bir narsani gapirib, boshqa bir ishni qilishdi. Men bularning barchasini 3-4 yildan beri, DAZN bilan shartnoma imzolamasimdan avval bilardim. "Golden Boy"ning ko'p qarorlari menga yoqmasdi. Biroq, biz baribir birga g'alabalarga erishganmiz.
Har doim o'zinga o'zing xo'jayin bo'lganing yaxshi. Har qanday holatda ham erkin jangchi bo'lish yaxshi", - dedi Saul "Kanelo" Alvares.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar