22 noy 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares o'zining Makabu bilan jangdagi imkoniyatini baholadi
Meksikalik mutlaq jahon chempioni o'zini bo'lajak jangda favorit deb hisoblamayapti.
Yarim o'rta vaznda mutlaq chempioni Saul Alvares birinchi og'ir vaznda WBC chempioni Ilunga Makabuga qarshi o'tkaziladigan jangda o'zining imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Men juda aqlli bokschiman. O'z kuchimga ishonaman va aynan shuning uchun ham birinchi og'ir vaznda chempion bo'lishga intilyapman. Bu juda katta chaqiruv, chunki orada 20 kg masalasi turibdi.
Imkoniyatlar teng - 50 ga 50! Ammo, men o'zimni juda kuchli his qilmoqdaman. Men chaqiruvlar hamda tarix yozishni yoqtiraman. Aynan shuning uchun ham shu erdaman. Ko'ramiz, bu sinov faoliyatimdagi eng qiyini bo'larmikan", - deydi Saul "Kanelo" Alvares.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar