31 avg 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Usik - Fyuri ehtimoliy jangi favoriti kimligini aytdi
Meksikalik bokschi Saul Alvares ukrainalik Aleksandr Usik hamda britaniyalik Tayson Fyuri o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Usik juda yaxshi jangchi. U katta tajribaga ega ajoyib bokschi. Lekin Fyurida g'alaba qozonish uchun hamma narsa bor. Usikka qiyin bo'lishi aniq. O'ylaymanki, jang qiziqarli bo'ladi. Menimcha, Fyuri g'alaba qozonadi, sababi unda hamma narsa bor", - dedi Saul Alvares.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr 21 avgust kuni Entoni Joshua bilan revansh jangini o'tkazgan edi.
Avvalroq, Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi super jang qachon bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar