19 dek 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares va Smit ko'z urishtirishdi + FOTO
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Texas shtati San-Antonio shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida to'rtta vazn toifasida jahon chempioni, meksikalik afsona Saul Alvares WBA va The Ring chempionlik kamarlari sohibi, britaniyalik Kallum Smitga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun bokschilar ananaga ko'ra ko'z urishtirish hamda tarozidan o'tish marosimlarida ishtirok etishdi. SHuningdek, so'nggi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berishdi.
Har ikki bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarib, bir xil tosh bosishdi - 76,2 kg. Jang vakant bo'lib turgan WBC chempionlik kamari uchun kechadi. Oqshomga muxlislarning kirishiga ruxsat beriladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar