09 dek 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresdan qolgan vakant kamar uchun kimlar jang qilishi malum bo'ldi
Rossiyalik bokschi Maksim Vlasov navbatdagi jangini 13 fevral kuni kichik Jo Smitga qarshi o'tkazadi.
Jang yarimog'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBO kamari uchun kechadi. Hozircha jang qaerda bo'lishi rasman elon qilinmadi.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares Sergey Kovalevni mag'lub etib, WBO kamariga ega chiqqandi. Biroq u o'rta vaznga qaytishni afzal ko'rib, kamardan voz kechgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar