16 iyu 10:15
Yangiliklar
Karate
Saymatov bugun finalda amaldagi jahon chempioniga qarshi tatamiga chiqadi
Qozog'istonning Astana shahrida karate-do bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, qita chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi kechagi bahslarda jami 12 ta medalni qo'lga kiritgandi. Bugun etakchi sportchimiz Sadriddin Saymatov ilk oltin medalni terma jamoamizga taqdim etishi mumkin.
So'nggi bir yilda o'zi qatnashgan barcha musobaqalarda chempion bo'lib kelayotgan Saymatov bugun final bahsida eronlik raqibiga qarshi tatamiga chiqadi. Amir Mehdizoda amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Demak, bugun amaldagi Osiyo chempioni Sadriddin Saymatov amaldagi jahon chempioni eronlik Amir Mehdizoda bilan oltin medal taqdirini hal qiladi. Hamyurtimiz finalga qadar Iroq, Qozog'iston va Indoneziya vakillarini mag'lub eta oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar