19 iyu 15:41
Yangiliklar

Sebastyan Fundora: "Tim Czyu uchun yana bitta mag'lubiyat zarar qilmaydi"
Amerikalik jahon chempioni o'zini ertangi revansh jangida autsayder hisoblamayapti.
"Tim birinchi jangimizga so'nggi soniyalarda rozilik berdimi? SHoshmang, u ringga chiqishga 11 kun qolganida jangni qabul qildi. Bu xuddi men nechchi kunda jangga rozi bo'lganim bilan bir xil holat. Demak, bu holatda usutnlik raqibim tomonida, shundaymi?
Nima ham derdim, Tim uchun jahon chempionatidan qabul qilib olinadigan yana bir mag'lubiyat uyatli bo'lmaydi. Ha, Czyu chempionlik kamari uchun jangni haqli ravishda qo'lga kiritdi. Lekin takror aytaman, yana bir mag'lubiyat uning faoliyati uchun ortiqchalik qilmaydi", — dedi Fundora.
Malumot uchun, 2024 yilning mart oyida Fundora qonli jangda Czyuni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Avstraliyalik bokschi revansh jangida o'sha mag'lubiyat uchun o'ch olishini aytmoqda.
Fikrlar