24 fev 14:12
Yangiliklar
Qishki sport turlari
“Semurg'” ikki kishi kam bo'lib g'alabani saqlab qoldi QAYNOQ FOTOGALEREYA
Bugun xokkey bo'yicha tarixiy O'zbekiston chempionatining 6-turiga yakun yasaldi.
Hozirgina Ice Sity majmuasida “Semurg'” hamda “Toshkent” jamoalari o'rtasidagi 6-turning so'nggi uchrashuvi yakuniga etdi. Unda “Semurg'” xokkeychilari 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Arenaga tashrif buyurgan muxlislar uchinchi bo'limda gol ko'irshmadi.
Etiborga molik jihati shundaki, uchrashuv yakunlanishi arafasida “Semurg'” jamoasining bir yo'la ikki xokkeychisi ikki daqiqaga chetlatildi. Uch kishiga qarshi besh xokkeychi bilan harakat qilganiga qaramay, “Toshkent” jamoasi darvozani ishg'ol qila olmadi. Xatto darvozabonning o'rniga o'yinchi tushirilishi ham “Toshkent”ga foyda keltirmadi. “Semurg'” darvozaboni o'yin qahramoniga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar