18 mar 09:06
Yangiliklar
“Semurg'” ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qarshi oldi FOTOGALEREYA
Mamlakat chempionati yakunlanish arafasida va oldinda jamoalarni pley-off bahslari kutib turibdi. Kecha “Toshkent” va “Semurg'” xokkeychilari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
“Semurg'” jamoasi ikkinchi bo'limda juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi: raqiblaridan ikki o'yinchi ikki daqiqaga chetlatildi. Ammo “Semurg'” xokkeychilari xarchand urinishmasin, “poytaxt”liklar darvozasini ishg'ol qila olishmadi.
Uchinchi bo'limda “Toshkent” jamoasi 3:1 hisobida oldinga o'tib oldi. O'yin tugashiga 2 daqiqa qolganida esa “Semurg'” murabbiylari darvozabonni ham hujumchiga almashtirdi. Bu taktika o'z mevasini berdi. Lekin bu o'zgarish asosiy vaqtni durang bilan yakunlash uchun kamlik qildi: “Toshkent” - “Semurg'” 3:2.
O'n ikkinchi turdan so'ng 15 ochko jamg'argan “Xumo” jamoasi 1-o'rinni mustahkam egallab turibdi. Ikkinchi o'rinda esa 14 ta ochkoga ega bo'lgan “Binokor” boryapti. Kuchli uchlikka 13 ochko jamg'argan “Toshkent” jamoasi yakun yasagan. So'nggi o'rinni 12 ochkoga ega “Semurg'” band etgan.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar