14 okt 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

"Sen o'zing kimsan?". Xabib Maxachev bilan jangni istamagan CHendlerga javob berdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Bellator sobiq chempioni Maykl CHendlerni tanqid qildi.
"Ko'pchilik gapirmoqda, men uning kimligini bilmayman". Ular bilishadi! Agar sen ushbu divizionda jang qilsangu, qanday qilib uni bilmasliging mumkin? Sen TOP15dagi barcha jangchilarni taniysan. Lekin ular "Men uni tanimayman" deyishadi.
Masalan Maykl CHendler. Sen o'zing kimsan? Ikkita jang oldin seni nokaut qilishgandi, keyin esa shartnomang tugadi. Omading kelib Dana Uayt shartnoma taklif qildi. Endi esa bizning oltita g'alabali seriyaga ega jangchimizni tanimayman deyapsan", - dedi Nurmagomedov CHendler haqida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Maykl CHendler Islam Maxachevni tanimaganligi uchun jang qilishni istamasligini aytgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar