07 okt 18:18
Yangiliklar

"Senda "kechaning eng zo'r chiqishi"ga to'lash uchun 50 ming dollar bormi?" (+VIDEO)
Amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedov va uning murabbiyi Xaver Mendes, Jastin Getji bilan jangdan oldingi mashg'ulot chog'ida o'zaro hazil almashishdi.
Hozirda Xabib Dubayda jangdan oldingi mashg'ulotlarni o'tamoqda.
Xabib va Mendes quyidagicha suhbat qilishdi:
Mendes: Bugun sparringlar kuni. Uch yoki besh raundlik sparring qilamizmi?
Xabib: Men o'zimni eng kuchli chiqishimni qilaman, murabbiy. Senda "kechaning eng zo'r chiqishi" uchun 50 ming dollar bormi? Juda bo'lmaganda menga kofe tayyorlab berasanmi?
Mendes: Men senga "kunning eng zo'r jangi" uchun 50 ming dollar beraman.
Axir biz kechasi emas, kunduzi ishlayapmiz-ku. Xohlasang senga sabmishn qilib beraman. Ikkita bonus yuz ming dollar bo'ladi.
Xabib: Yo'q-yo'q, men "kun chiqishi"ni ko'rsataman. Men buni bajaraman.
Fikrlar