So’nggi yangiliklar

19:21Мария Тимофеева Люксембург турнирида 1/4 финалга чиқди 0 19:00Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчиларнинг иштирокидан ОНЛАЙН 0 18:44ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-оффга қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор 0 18:23Дзюдочиларимиз Белградда ўтказиладиган Чемпионлар Лигасига йўл олишди 0 18:02Уч нафар боксчимиз Россиядаги проф бокс оқшомида жанг қилади 0 17:41UFC Асу Алмабаев иштирокидаги жангга ўзгартириш киритди 0 17:20Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими? 0 16:59Тошкент мезбонлик қиладиган сузиш бўйича Жаҳон кубоги саналари эълон қилинди 0 16:38Рақибсиз қолган Шамил Газиевга жангга уч кун қолганда янги рақиб топиб беришди 0 16:17Фабио Уордлининг илк чемпионлик ҳимоя жанги қачон ўтказилиши айтилди 0 15:56"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди 0 14:53Рапирачиларимиз жамоавий баҳсларда финалга чиқишди. Шпагада эса аламли мағлубият 0 14:32Иэн Гэрри: "Махачевнинг мен фойдаланадиган "тешик"лари бор" 0 14:11"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди 0 13:50Царукян Хукерга қарши жангида Хамзат Чимаев секунданти бўлишини тасдиқлади 0

23 okt 13:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Serbiyadan gapiramiz: Toshkent - Istanbul - Belgrad yoxud "o'zbek yo'lbarslari" jahon chempionatiga tayyor

Xabar berib o'tganimizdek, kecha 22 oktyabr kuni boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari jahon chempionatida qatnashish uchun Serbiyaning Belgrad shahriga etib kelishdi.

Tarkibga nazar tashlar ekanmiz, Marat Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bu safargi jahon chempionati uchun tajriba va yoshlik shijoatini uyg'unlashtirishga qaror qildi. Tarkibimizda o'zbek boksi yulduzlari SHahobiddin Zoirov, Hasanboy Do'smatov, SHahram G'iyosovdan tortib, yaqindagina yoshlar tarkibidan kattalarga qo'shilgan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, SHohjahon Abdullaev kabi umidli charm qo'lqop ustalarini ko'rishimiz mumkin. Umuman olganda, tarkib boks muxlislari tomonidan yaxshi kutib olindi.

SHu o'rinda, ko'plab muxlislarda yuzaga kelgan savolga etibor qaratib o'tsak: Bahodir Jalolov nega tarkibda yo'q? Jalolov bir necha oy oldin Olimpiada chempionligini qo'lga kiritdi va murabbiylarimiz unga biroz dam berishga qaror qilishdi. U ayni paytda yakka tartibda mashg'ulotlar olib bormoqda. Ushbu vazn toifasida Lazizbek Mullojonovga ishonch bildirildi. Lazizbek ham bir necha marotaba O'zbekiston chempioni, shuningdek sentyabr oyida harbiy bokschilar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatining oltin medal sohibi hisoblanadi. Oldinda turgan jahon chempionatida ham Mullojonov o'ziga bildirilgan ishonchni oqlashiga umid qilamiz va bunga ishonamiz ham. 

Yana bir savol? Nima uchun terma jamoa katta murabbiyi To'lqin Qilichev Serbiyadagi jahon chempionatiga kelmadi? Bu haqida matbuot anjumanida etarlicha malumot berilgan bo'lsada, yana bir marotaba eslatib o'tishni lozim deb bildim: Ayni paytda To'lqin Qilichevga O'zbekiston U-22, yani 22 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasini 2022 yil boshida Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorlash ishonib topshirilgan. SHu sababli ham, Qilichev bor etiborini hozirda ushbu terma jamoamizga qaratgan. SHunchaki malumot: O'zbekiston terma jamoasida 2015 yildan buyon Marat Qurbonov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. Kattalar terma jamoamiz o'sha vaqtdan to bugungi kunga qadar aynan Marat Qurbonov boshchiligida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Rahmatjon Ro'zioxunov esa terma jamoaning katta murabbiyi hisoblanadi. 

22 oktyabr tongida Islom Karimov nomli Toshkent xalqaro aeroportiga katta tarkibda etib kelgan terma jamoamizni ko'rib sport muxlislari bokschilarimizga omad tilashdi va ular bilan suratlarga tushishdi. Hattoki aeroport pasport nazoratidagi xodimlaridan biri Hasanboy Do'smatovni ko'rib, "aka sizning pasportingiz shart emas, shundoq ham taniymiz" deya samimiy hazillashib qo'ydi. SHundan keyin aeroportdagi ananaviy suratga tushish va Istanbulga 5 soatlik parvoz. Turkiya aeroportidagi "peresyadka"dan keyin esa terma jamoamiz Belgradga etib keldi. Darvoqe, shu kuni Kuba (biz bilan birga Toshkentdan), shuningdek Tojikiston, Venesuela terma jamoalari ham Serbiyaga kelishdi. Belgrad va Toshkent orasidagi vaqt tafovuti 3 soatni tashkil etadi - Toshkent oldinda. 25 oktyabr kuni JCHning ilk janglari mahalliy vaqt bilan soat 13:00da boshlanadi. Bu vaqtda O'zbekistonda soat 16:00 bo'ladi.

Bokschilarimiz Belgraddagi "Crowne Plaza" mehmonxonasiga joylashishdi. OAV xodimlari uchun esa boshqa mehmonxona ajratilgan. Darvoqe, bugun yana 4 nafar hamkasbimiz musobaqani bevosita yoritish uchun Belgradga etib kelishadi. CHorak finallarga yaqin esa yana bir guruh jurnalistlar Serbiyaga parvoz qilishadi. OAV xodimlari tomonidan bunday qiziqish shubhasiz O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilarini, matbuot xizmatini xursand qilmay qolmadi. CHunki, odatda asosan futbol musobaqalariga bunday katta guruhda jurnalistlar safar qilishardi. Endilikda hamkasblarimiz ichida boks musobaqalarini ham bevosita musobaqa joyidan yoritish istagi borligi bizni quvontirdi. 

Bugun kechki payt terma jamoa reja asosida mashg'ulotlarni olib boradi. Terma jamoa haqidagi haqidagi malumotlar, mashg'ulot va musobaqalardan suratlarni biz bilan kuzatib boring. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Aziz To'xtamurodov, Belgrad shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing