So’nggi yangiliklar

18:45Азат Максум ACA билан шартнома имзолади 0 18:11Конорга спарринг шерик бўлган ҳамюртимиз нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 17:23ЖЧ-2026`да иштирок этадиган мураббийлар қанча маош олишади? Каннаваро Топ-5`да! 0 16:51Усик ва Дана Уайт 2026 йилда спортдаги таъсир доираси кенг 100 киши рўйхатига кирди 0 16:262026 йилнинг энг абжир “шунқорлари” аниқланди 0 16:02Жанги бекор бўлган Нурмагомедовга янги рақиб берилди 0 15:38Сўнгги тўртта ЖЧ ғолибини тўғри топган EA Sports бу сафар ҳам башорат берди 0 15:14UFC`нинг янги рейтинглари сунъий интеллект томонидан шакллантирилади 0 14:47Нурмагомедовнинг Мартинесга қарши жанги бекор қилинди. Сабаби маълум! 0 14:23WBO рейтинги янгиланди, Жалоловнинг ўрнида ўзгариш борми? 0 13:49Фабио Каннаваро: "Ўзбекистонликларга айтадиган гапимиз шу..." 0 13:13FIDE Circuit 2026-2027: Абдусатторов етакчиликни сақлаб қолди, Синдаровчи? 0 12:25UFC Freedom 250 иштирокчиларининг якуний таркиби ва жанглар тартиби тасдиқланди 0 11:49Бекзод Абдураҳмонов дебют қиладиган, Чимаев, Царукян ва Фергюсон иштирок этадиган RAF 10 турнирининг тўлиқ карди маълум 0 11:16"Бенфика" Моуриньюнинг ўрнини ким эгаллашини эълон қилди 0

03 iyu 09:51
Yangiliklar

Dzyudo

Sergelida ko'p tarmoqli sport maskani foydalanishga topshirildi FOTOREPORTAJ

Prezidentimiz tomonidan yosh avlodni aqlan etuk qilib tarbiyalash bilan bir qatorda jismonan barkamol etib voyaga etkazish jamiyat va davlat oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida poytaxtimizning Sergeli tumani Qo'yliq-5 dahasida joylashgan 277-umumtalim maktabi hududida barcha zamon talablariga javob beruvchi ko'p tarmoqli sport maskani bunyod etildi. 

Bu erda yakkakurash, xususan dzyudo sport turiga ixtisoslashtirilgan zal, zamonaviy basseyn, Street workout, yani ko'cha gimnastikasi, fitnes bilan shug'ullanish imkonini beruvchi sport maydonchasi hamda suniy qoplamali futbol maydoni mavjud.

Kecha kunning ikkinchi yarmida kishi ko'zini quvontiradigan engil konstrukciyali (sendvich panelli) sport maskani mahalliy yoshlar ixtiyoriga topshirildi. Aytish mumkinki, bu sport obekti yoshlar uchun 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga haqiqiy bayram sovg'asi bo'ldi.

Tantanali ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, Xalq talimi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon SHarifxo'jaev, Sergeli tumani hokimi Elbek SHukurov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

"Haqiqatan ham ko'rgan kishining ko'zi quvnaydigan sport maskaniga aylanibdi. Bu erda tashlandiq holatga kelib qolgan basseyn ham bo'lardi. Quruvchilarimiz bu suv hazasini ham qisqa muddatda zamonaviy ko'rinishga keltirishibdi. Bolajonlarning ayni tatil kunlari bu yopiq suv havzasining foydalanishga topshirilayotgani har birimiz, ayniqsa, shu mahalla yoshlarining quvonchiga sabab bo'lyapti", - dedi A.Ikromov.

SHavkat Mirziyoev raisligida o'tgan yig'ishda davlatimiz rahbari tomonidan Olimpiada g'olib va sovrindorlari nomi bilan ataluvchi maktablarni ochish lozimligi aytilgandi. Bugun Sergelida foydalanishga topshirilgan ixtisoslashtirilgan dzyudo zaliga olimpiya o'yinlarining uch karra sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov nomi berildi.      

"Etibor bergan bo'lsangiz, bu sport obektlari aholi zich yashaydigan hududlarda bunyod etilyapti. Bu bejiz emas, albatta. Kuni kecha hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovich raisliklarida o'tkazilgan videoselektorda ham aynan mahallalarda sport musobaqalarini ko'proq o'tkazish va shu yo'l bilan selekciya jarayonini tashkil etish, terma jamoalarga munosib nomzodlarni etkazib berishga ko'maklashish masalasida so'z borgan edi", - dedi U.SHarifxo'jaev.  

Takidlash joiz, Prezident raisligida o'tgan videoselektor yig'ilishida yil yakunigacha 508 ta mahallada xuddi shunday ko'p funkciyali sport maydonchalarini qurishga ko'rsatma berilgan. Bu orqali 6 million nafar yoshlar ommaviy sport bilan qamrab olinadi. Darhaqiqat, xalqaro maydonga yo'l mahallalardan, shu kabi sport maskanlaridan boshlanadi. 

"Maqsadimiz – jamiyatning boshlang'ich nuqtasi bo'lgan oila hamda mahallalarda ommaviy va professional sportni yanada rivojlantirish, keng aholi qatlami orasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirishdan iborat", - deya qo'shimcha qildi A.Kamilov.      

Malumot uchun, Xalq talimi vazirligi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida mamlakatimizning 11 viloyatida jami 13 ta ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarining bunyod etilishi rejalashtirilgan edi. 

Bugungi kunga kelib, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Qo'qon, Guliston, Navoiy, Jizzax, Buxoro, Termiz, Andijon va Namangan shaharlarida ushbu sport obektlari foydalanishga topshirildi hamda samarali faoliyat yuritmoqda. 

Loyihaga ko'ra, 13 ta ixtisoslashtirilgan dzyudo maktabida minglab yoshlar olimpiya oilasiga mansub ushbu yakkakurash turi bilan shug'ullanish imkoniga ega bo'ladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing