08 apr 10:42
Yangiliklar

Sergey Bogachuk ringga qaytyapti
Bogachukning promouteri Tom Leffler 17 may kuni AQSHda mijozi uchun chempionlik jangi tashkil etib berishga urinib ko'rmoqchi. Bogachukning IBF chempioni Baxram Murtazalievga qarshi ringga chiqishi kutilmoqda. Lekin vaziyatga yaqin insonlarning xabar berishicha, 29 yoshli Bogachukning keyingi raqibi amerikalik Maykl Foks bo'ladi.
"Biz Sergeyning faolligini taminlashimiz kerak. Unga katta janglarni tashkil qilib bermoqchimiz. Imkon qadar tezroq kamar uchun jang qilishini istaymiz. Baxram Murtazalievga qarshi jang asosiy maqsadimiz. Bu jang yil jangi bo'lishiga ishonaman. Faqat bu jangga munosib shou topishimiz kerak. Saul Alvares - Terens Krouford oqshomi eng maqbuli bo'lardi", — dedi Leffler The Ring nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar