14 may 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Sergey Kovalev ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytmoqda. Bokschi va uning raqibi taroziga chiqdi
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalev ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytmoqda.
39 yoshli bokschi ertaga Tervel Pulevga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Vazn o'lchash marosimida Kovalev 89 kg tosh bosdi. Pulev esa biroz og'irroq — 89,6 kg vazn ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, Kovalev so'nggi bor 2019 yilda Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tarilib, 11-raundda nokaut bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar