15 jan 09:33
Yangiliklar

Sergey Kovalyov jamoasi dopingni rad etmoqda
Duva sobiq jahon chempionining toza ekaniga shubha qilmayapti.
"Biz VADA taqdim etgan malumot bilan tanishib chiqdik. Kovalyov yillar davomida dopingga taxlil topshirib, toza ekanini isbotlab kelgan. Aynan uning o'zi bizdan Meliqo'zievga qarshi jang oldidan VADAga test topshirini so'ragan. Sergey hech qanday taqiqlangan modda istemol qilmaganini qatiy tasdiqlamoqda. Biz B taxlili uchun qo'shimcha test topshirishni talab qilamiz", — dedi Duva.
Eslatib o'tamiz, kecha sobiq jahon chempionining qon tarkibidan taqiqlangan sintetik testosteron moddasi topilgan edi. Bu holat uning hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievga qarshi 30 yanvarga belgilangan jangining o'tkazilmasligiga sabab bo'lishga yaqin turibdi.
Fikrlar