23 sen 11:47
Yangiliklar

Sergey Kovalyov Jeyk Pol - Jervonta Devis jangini cirk deb atadi
Qizig'i, Kovalyovning o'zi ham shu yil yozda amerikalik bloger va bokschi Jeyk Polga qarshi jang o'tkazish istagini bildirgandi.
"Bu endi cirk. Ikki xil bokschi, ikki xil uslub, ikki xil vazn toifasi. Bu aqlsizlik", - dedi Kovalev Seconds Out nashriga bergan intervyusida. - Men bu jangga hurmatsizlik bilan qarayman. Ammo yigitlar uni o'tkazishga tayyor bo'lsa, hech qanday muammo yo'q. Mayli, jang qilishsin. Bu jangni tomosha qilish qiziq bo'ladi. Devis Jeyk Polni nokautga uchrata oladimi? Pol - katta yigit, Jervonta - kichik. Bu xuddi fil itga qarshi turgandek gap. O'ylashimcha, Jervonta manziliga eta olmaydi, ammo jang ko'rsatadi", - deya so'zlariga yakun yasadi rossiyalik sobiq jahon chempioni.
Fikrlar