13 mar 11:34
Yangiliklar
Sergey Pavlovichga raqib berildi + POSTER
Sergey Pavlovich 30 may kuni Makaoda o'tkaziladigan UFC Fight Night 277 turnirida oktagonga chiqadi. Uning raqibi braziliyalik Tallison Teysheyra bo'ladi. Ushbu jang UFC promousheni tomonidan rasman elon qilindi.
Malumot uchun, 26 yoshli Tallison Teyshera UFC oktagonida 3 ta jang o'tkazgan. Jastin Tafani texnik nokautga uchratgan, Derrik Lyuisga texnik nokaut bilan yutqazgan, Tai Tuivasani hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
Sergey Pavlovich esa ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda - Jairzino Rozenstrayk va Valdo Kortes-Akosta taslim etilgan. Ungacha rossiyalik 33 yoshli aralash yakkakurash ustasi ketma-ket ikkita jangda yutqazgandi. Vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechgan jangda britaniyalik Tom Aspinallga nokaut bilan imkoniyatni boy bergan bo'lsa, rus derbisida Aleksandr Volkov ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgan edi.
Ayni paytda Sergey Pavlovich UFC og'ir vaznlilar reytingida uchinchi, Tallison Teysheyra esa o'n birinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar