31 mar 15:40
Yangiliklar
Futbol
Serxio Ramos PSJda qolish uchun maoshi kamayishiga rozi bo'lishi kerak
Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos keyingi mavsum ham PSJda qolishni istasa, maoshi keskin kamayishiga rozi bo'lishiga to'g'ri keladi.
Parij klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun maoshlarga sarflanayotgan summani kamaytirish niyatida. SHu sabab yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan tajribali himoyachiga hozirgi shartlar bilan yangi bitim taklif qila olmaydi. Hozir Ramos oyiga 800 ming evrodan sal kamroq ishlab topadi.
O'z navbatida, Saudiya Arabistonining "Al Xilol" klubi jahon chempionini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar