20 iyu 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Sexudo Aljemeyn Sterlingni "trol" qildi + FOTO
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo o'zining "Tvitter" sahifasiga surat joyladi.
Sexudo suratda engil vazn UFC chempioni, amerikalik Aljemeyn Sterlingning ustidan ochiqchasiga kulgan.
"Sizlarga yangi rafiqamni tanishtirishdan bag'oyatda xursandman. SHunchaki hayajondamanki, buni siz tasavvur ham qila olmaysiz. Men bola asrab oldim. U juda ham qobiliyatli aktyor, uni uxlatish ham juda oson. Otalar kuni bilan!" — deya surat ostida izoh qoldirgan va shu bilan birga UFC prezidenti Dana Uaytni belgilangan Sexudo.
Bundan bir muddat avval Genri oktagonga qaytishini va bu voqea yil so'nggida ro'y berishini elon qilgandi. Sexudo erkin kurash bo'yicha Pekin-2008 Olimpiadasi chempioni, uch karra Panamerika o'yinlari g'olibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar