04 jan 12:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Sexudo Rayan Garsiya va Oskar De La Xoyyaga "otvet qildi" + FOTO
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschi Rayan Garsiya hamda uning menejeri Oskar De La Xoyyaga murojaat qildi.
Garsiya kecha britaniyalik Lyuk Kempbellni nokautga uchratib, engil vaznda WBC chempioniga aylangan edi.
"Kecha sen Kempbellni tiz cho'ktirganding, men esa seni poyabzalimni tozalashga mabur qilaman, Rayan! Oskar, sen qandaysan? Mijozingning rekordlarini suniy tarzda shishirishda davom etasanmi?", - dedi Sexudo.
Avvalroq, Garsiya va Sexudo bir necha bor ijtimoiy tarmoqlarda dahanaki urush qilib olishgandi.
Havola :
Fikrlar