20 okt 00:47
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahobiddin Zoirovning "IBA CHempionlar oqshomi"dagi jangi to'liq davom etdi
Avstriyaning Vena shahrida boks bo'yicha "IBA CHempionlar oqshomi" musobaqasi davom etmoqda.
Turnirda yana bir hamyurtimiz, Rio-2016 Olimpiadasi g'olibi SHahobiddin Zoirov ham jang qildi. U ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi ringga ko'tarildi.
8 raundlik jang to'liq davom etdi. Jangda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'olib deb topildi.
Etiborlisi, Zoirov mazkur g'alaba orqali 54 kg vazn toifasida IBA chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini qo'lga kiritdi.
Avvalroq, mazkur musobaqada og'ir vaznli bokschimiz Jahongir Zokirov nokaut orqali zafar quchgani haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar