23 fev 13:51
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahobiddin Zoirovning Olimpiada finalidagi raqibi may oyida chempionlik jangida ringga ko'tarilmoqchi
Rossiyalik bokschi Mixail Aloyan navbatdagi jangini chempionlik uchun may oyida o'tkazmoqchi.
"May oyida chempionlik uchun ringga ko'tarilmoqchiman. Hozirda jang manzili va vaqtini kelishib olish kerak. Katta ehtimol bilan jangim Rossiya hududida bo'ladi", - dedi Mixail Aloyan.
Qayd etish lozimki, havaskor boksdagi jangini 2016 yili Rio Olimpiadasi finalida o'tkazgan Aloyan prof ringda 6 ta jang o'tkazishga ham ulgurgan. U janglarning 5 tasida g'alaba qozongan va 1 tasida imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Malumot uchun, Aloyan WBA Gold kamariga egalik qiladi.
Havola :
Manba : sport-express.ru
Fikrlar