17 okt 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov AQSHda mashg'ulotlarni boshladi, jang yaqin!
Londondagi jangidan so'ng O'zbekistonga qaytgan professional bokschimiz SHahram G'iyosov qisqa tatildan keyin yana AQSHga jo'nab ketgan edi.
Kechadan Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori yana mashg'ulotlarni boshlab yubordi. SHahram o'zining Instagram tarmog'idagi sahifasida navbatdagi jangi sanasi va raqib nomini tez orada elon qilishini aytgan.
Eslatib o'tamiz, G'iyosov faoliyatidagi hozircha eng oxirgisi bo'lib turgan jangini 22 sentyabr kuni Londondagi "Uembli" stadionida nikaragualik Xulio Lagunaga qarshi o'tkazgan va raqibini muddatidan avval nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar