12 noy 10:28
Yangiliklar
SHahram G'iyosov chempionlik jangi haqida - "Qirq biriga ham chidash kerak"
WBA kamari uchun majburiy davogar maqomidagi hamyurtimiz 14 noyabr kuni Toshkentda rossiyalik Mark Urvanovga qarshi bahs olib boradi.
"CHempionlik jangiga tayyorgarlik Amerikada bo'ladi, jang ham o'sha erda o'tkaziladi. Toshkentdagi jangimdan keyin bir hafta dam olib, AQSHga ketaman. Jangga tayyorgarlikni boshlayman. Juda ham qattiq tayyorlanish kerak. CHunki men bu kunni 7-8 yil kutdim. 2018 yilda Amerikada prof boksda debyut qilgandim. Hozirgacha bitta maqsad bilan taslim bo'lmasdan, mehnat qilib, orzu qilib kelyapman. Ozgina qoldi. Qirqiga chidadik, qirq biriga ham chidash kerak", dedi G'iyosov Olamsport.com muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan suhbatda.
SHahram G'iyosov WBA kamari uchun amerikalik Rolando Romero bilan jang qilishi kerak. WBA ushbu jangni majburiy qilib qo'ygan.
Fikrlar