25 apr 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov Jeyron Ennis bilan chempionlik jangi haqida gapirdi
Professional boksning yarimo'rta vazn toifasida WBA kamari uchun o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosov yo'nalish superchempioni bilan jangga munosabat bildirdi.
"Ennis juda kuchli bokschi. Juda aqlli va juda tezkor. Biz ham anoyilardan emasmiz. Men 20 yil shunchaki yurganim yo'q. Kim raqib bo'lishining menga farqi yo'q. CHempionlik kamari kimda bo'lsa, o'sha bilan jang qilib, kamarni Xudo xohlasa O'zbekistonga olib kelaman", dedi G'iyosov.
Avvalroq, WBA tashkiloti superchempion Jeyron Ennis hamda majburiy davogar SHahram G'iyosov o'rtasidagi jangga rasman buyruq berib, tomonlarga muzokara o'tkazishi uchun 30 kun muxlat bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar