30 may 07:24
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov mashg'ulotlarni Qirg'izistonda davom ettirmoqda
G'iyosov Bishkekka etib bordi.
Yarim o'rta van toifasidagi prof bokschimiz SHahram G'iyosov Sank-Peterburgdagi mashg'ulotlarini yakunlab Bishkekka bordi. Bu haqda bokschi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
"Bishkekka keldik. Mashg'ulotlarimiz 10 kun shu erda bo'ladi, keyin esa jang uchun AQSHga yo'l olamiz", - deya tegishli fotoni ilova qildi SHahram.
Eslatib o'tamiz, charm qo'lqop ustamiz 17 iyun kuni AQSHda amerikalik Xarold Kalderonga qarshi WBA Elimnator jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar