23 fev 08:22
Yangiliklar
SHahram G'iyosov: "Men katta jangga tayyorman"
Bizning vaqt bilan 25 fevral tongida AQSHning Orlando shahrida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etiladi. Oqshomning So main event jangi hamyurtimiz SHahram G'iyosov ishtirokida o'tkaziladi. Yarimo'rta vazn toifasi WBA reytingida 1-o'rinni egallab turgan charm qo'lqop ustamiz meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga ko'tariladi.
Etiborlisi, ushbu jang oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida G'iyosov savollarga ingliz tilida javob berdi. Taniqli promouter, Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Xirn esa SHahramni ingliz tiling kuchli ekan deb maqtab ham qo'ydi.
"Maqsad sari bir qadam qoldi. O'sha qadamni tashlasam, orzuimdagi jangni qo'lga kiritaman. Men katta jangga tayyorman. Ha, arenada meksikalik muxlislar ko'p bo'ladi. Menga ham shunday auditoriya oldida jang qilish yoqadi", - dedi G'iyosov.
Fikrlar